Hormuz yaqinida tankerdan neft to‘kilishi sababli BAAdagi plyajlar yopildi (video)
Jamiyat
−
15:37 424 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklari rasmiylari tankerdan neft sizib chiqishi sababli plyajlarni tashrif buyuruvchilar uchun majburiy ravishda yopmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.
Nashrning xabar qilishicha, Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida hujumga uchragan Gem No.2 tankeridan oqib chiqqan neft BAA qirg‘oqlari bo‘ylab tarqala boshlagan. Bu ba’zi plyajlar va qirg‘oqbo‘yi hududlarining yopilishiga olib kelgan.
Qayd etilishicha, kema bilan bog‘liq hodisa joriy yil 9 oktyabrdan 10 oktyabrga o‘tar kechasi yuz bergan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ko‘ra, o‘sha vaqtdan beri neft dog‘i tanker shikastlangan joydan 35 km dan ortiq masofaga tarqalgan.
Kecha, 23 oktyabr kuni BAA rasmiylari hodisa oqibatlari Umm-al-Qayvayn shahri yaqinidagi plyajlarga ta’sir qilganini xabar qilgan.
BAA Iqlim o‘zgarishi va atrof-huhit vazirligi neftning atrof-huhitga ta’sirini cheklash uchun “sizib chiqishni jilovlashga zudlik bilan kirishganini” ma’lum qilgan.
Sharja dengiz ilmiy-tadqiqot markazi direktori Stiv Uiddikomb nashrga bergan intervyusida atrof-huhitga yetkaziladigan ta’sir “muqarrar” ekanini aytgan. Biroq bugungi kunda yetkazilgan zarar ko‘lamini baholashga hali erta.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hormuz bo‘g‘ozida bir kechaning o‘zida yettita neft tankeri hujumga uchragani yoki dengiz minalariga duch kelishi oqibatida shikastlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi