Holand APLda oy futbolchisi deb topildi

Sport

image

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Angliya Premer-ligasida 2025 yil sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu mukofot norvegiyalik yulduz uchun faoliyatidagi to‘rtinchi sovrin bo‘ldi. Bu haqda Premer-liga rasmiy sayti xabar berdi.

Sentyabr oyida Holand Premer-ligada 3 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U oy davomida “Manchester Yunayted”ga qarshi derbida dubl qayd etdi, “Arsenal” bilan 1:1 hisobidagi uchrashuvda hisobni ochdi va “Byornli”ga qarshi yana ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shu tariqa Holandning chempionatdagi gollari soni sakkiztaga yetdi.

“Biz juda yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik, mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirdik va muxlislarimiz uchun muhim g‘alabalarni qo‘lga kiritdik. Jamoaga gollar bilan yordam berganimdan xursandman”, deydi Holand.

Premer-liga ma’lumotiga ko‘ra, Holand sakkiz nafar nomzod orasida eng ko‘p ovoz to‘plab, futbol ekspertlari bahosiga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, “Manchester Siti” darvozaboni Janluiji Donnarumma sentyabr oyi uchun oyning eng yaxshi seyvi mukofotiga sazovor bo‘ldi. U “Manchester Yunayted” hujumchisi Brayan Mbeumoning zarbasini ajoyib tarzda qaytargan edi.

Ma’lumot uchun, Holand avgust oyida ham APLda oyning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lgan edi. Norvegiyalik hujumchi joriy mavsumda “Manchester Siti” safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol muallifiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

APL futbol Holand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing