Hindistonda kuchli jazirama oqibatida 16 kishi vafot etdi

Olam

image

Hindistonning Telangana shtatida kuchayib borayotgan favqulodda issiq to‘lqini oqibatida 16 kishi vafot etdi. Bu haqda shtatning axborot va jamoatchilik bilan aloqalar vazirligi ma’lum qildi.

Rasmiylarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda harorat keskin oshib, 45 darajadan ham yuqorilagan. Kuchli jazirama aholi salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani sababli shtat hukumati favqulodda yig‘ilish o‘tkazgan.

Aholiga kunduzi, ayniqsa eng issiq vaqtlarda zarurat bo‘lmasa tashqariga chiqmaslik, ehtiyot choralarini kuchaytirish tavsiya etilgan.

Hindiston meteorologiya departamenti esa issiq to‘lqini kamida 26 maygacha davom etishi mumkinligini, bu holat mamlakatning janubiy hududlarida yanada kuchli sezilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropaning 12 shahridagi jazirama to‘lqinlar 2300 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston jazirama

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing