Hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak – Mirziyoyev

Olam

image

O‘zbekistonda hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Bu haqda mamlakat rahbari Shavkat Mirziyoyev bugun, 11 oktyabr kuni mahallalarni obod qilish va “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi so‘z ochdi. 

Yig‘ilish avvalida boshlangan islohotlar, amalga oshirilayotgan loyihalarning barchasi inson qadrini ta’minlash orqali aholini rozi qilishga qaratilgani yana bir bor ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, davlat rahbarining topshirig‘iga muvofiq hududlarga ishchi guruhlar yuborilib, ular 9 370 ta mahallaning har biriga kirib, aholining kayfiyatini o‘rganib, uni qiynayotgan muammolar ro‘yxatini shakllantirgan. 

Aholi tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, sug‘orish tizimi, elektr, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq 12 mingta masala va taklif ko‘tarilgan.

“Barcha hokim va vazirlar eshitib olsin. Prezident siyosati va talabi shunday: hech bir fuqaro o‘zining muammolari bilan yolg‘iz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning ko‘zgusi.

Katta-kichik bo‘ladimi, aholimiz ko‘targan har bir muammoga o‘z vaqtida munosabat bildirish, ularni bosqichma-bosqich hal qilish barcha darajadagi rahbarlarning eng ustuvor vazifasi bo‘lishi shart va zarur”, deydi Prezident.

Yig‘ilishda joriy yilgi dasturlar doirasida 4 100 ta mahallani obod qilish, bog‘cha, maktab, sog‘liqni saqlash, suv, elektr, kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolarini hal qilishga byudjetdan qariyb 29 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani ko‘rsatib o‘tilgan. Buning natijasida:

•    434 ta mahallada ichki yo‘llar ta’mirlangan;

•    672 ta mahallaga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgani hisobiga, 1,5 million aholi ilk bora toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan;

•    joriy yilda 2 mingdan ortiq mahallaga xizmat qiladigan 34 ta yangi maktab ishga tushirilgan, 338 tasi rekonstruksiya qilinib, 360 tasi ta’mirlangan. Bularning hisobiga 78 mingta yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratilgan;

•    joylarda 580 ta transformator, 20 ming kilometr tarmoqlar yangilanib, 413 ta mahalladagi 1,5 million nafar aholining elektr ta’minoti yaxshilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing