Hammasi Eronni mundialda ishtirok etishini ko‘rsatmoqda – OFK bosh kotibi
Sport
−
12:59 1571 1 daqiqa
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) bosh kotibi Vindsor Jon tashkilot Eron futbol federatsiyasidan 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmaslik haqida rasmiy bildirishnoma olmaganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Reuters”ga bergan intervyusida to‘xtaldi.
“Bu juda muhim va ta’sirli vaziyat. Turli gap-so‘zlar aytilmoqda. Biroq yakuniy qaror jamoaning o‘ynashi yoki o‘ynamasligi milliy federatsiyaga bog‘liq. Hozircha federatsiya ritorikasi jamoaning Jahon chempionatida ishtirok etishini ko‘rsatmoqda”, deydi Vindsor Jon.
Uning qo‘shimcha qilishicha, OFK Eron terma jamoasining turnirda qatnashishini istaydi.
“Umid qilamizki, ular mavjud muammolarni hal qilib, musobaqada ishtirok etadi”, deya qo‘shimcha qildi Jon.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Eron terma jamoasi “G” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 mart kuni Eron Sport vaziri Ahmad Donyamali mamlakat terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkinligini bildirgan edi. Biroq keyinchalik Eron futbol federatsiyasi rasmiy bayonot bilan chiqib, hech kim jamoani turnirdan chetlatishga haqli emasligini ta’kidladi.
Live
Barchasi