Hammaga gaz sotayotgan Rossiyaning o‘zi ko‘mir yoqmoqchi
Olam
−
09 noyabr 2023 10046 1 daqiqa
Putin Rossiya Qozog‘istondan ko‘mir xarid qilishini ma’lum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
"Rossiya Qozog‘iston bilan ko‘mir yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyor", degan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonga tashrifi davomida.
“Qayd etish kerakki, qozog‘istonlik do‘stlarimiz bilan energetika sohasidagi hamkorligimiz rivojlanib bormoqda. Mamlakatimiz Qozog‘iston ko‘mirini import qilmoqchi. Biz To‘qayev bilan ko‘mir tranzitini amalga oshirish masalasini muhokama qildik. Ayni paytda ma’lum bir muvofiqlashtiruvchi jarayonlar va import miqdorini aniqlashtirish qolgan xolos", degan Putin uchrashuv yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin “Kazaxstanskaya pravda” gazetasiga bergan intervyusida, Rossiya Qozog‘istonning shimoliy va sharqiy hududlarini gazlashtirishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi