HAMAS rozi bo‘lgan taklifni Isroil rad etdi – BBC
Olam
−
20 avgust 2025 3636 2 daqiqa
Isroil garovdagilarning yarimini ozod qilish sharti orqali HAMAS bilan sulh tuzishga rozi emas. Isroil tomoni garovdagilarning barchasi ozod qilinishini talab etyapti. Bu haqda hukumat matbuot kotibi David Menser BBC’ga bergan bayonotida so‘z ochdi.
Qayd etilishicha, mazkur taklif vositachilar – Qatar va Misr tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, qatarlik diplomatlar uni AQSHning taklifi bilan deyarli bir xil deb atagan. AQSH Prezidentining maxsus elchisi Stiv Uitkoff joriy yilning iyun oyida 60 kunlik sulh taklif qilgan, unga ko‘ra, sulhning birinchi va yettinchi kuni 10 nafar tirik garovdagilar ozod etilishi va 18 nafar halok bo‘lganlarning jasadlari topshirilishi kerak edi. Buning evaziga Isroil 125 nafar umrbod qamoqqa hukm qilingan falastinlikni, G‘azo sektorida ushlab turilgan 1111 kishini ozod qilishi va 180 nafar falastinlikning jasadini qaytarishi lozim edi. O‘shanda Isroil rozi bo‘lgan, ammo HAMAS bu taklifni rad etgandi, chunki u doimiy sulhga kafolat bermasdi.
Yangi taklifni Isroil ochiqchasiga rad etmagan, biroq Menser “qisman kelishuvlar” endi hukumatni qiziqtirmasligini ta’kidlagan.
“Endi hammasi o‘zgardi. Bosh vazir G‘azo kelajagi bo‘yicha rejani taqdim etdi”, deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq HAMAS ushbu taklifni qabul qilgani xabar qilingandi. Falastin manbalariga ko‘ra, ular 10 nafar tirik garovdagilarni ozod qilish va 18 nafarining jasadini topshirishga rozi. Isroil esa qolgan 50 nafar garovdagilardan atigi 20 nafari tirik bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Taklifga muvofiq, 60 kunlik sulh davomida tomonlar doimiy o‘t ochishni to‘xtatish va qolgan garovdagilarni ozod etish bo‘yicha kelishuvga erishishlari kerak edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025