“Ha, otam nima bo‘lyapti?” Qo‘qonlik tabibning da’volari rad etildi
Jamiyat
−
03 fevral 20383 2 daqiqa
Avvalroq, Farg‘ona viloyatida xalq tabobati bilan shug‘ullanuvchi Iqbol Soliyev viloyat sudining qarori bilan 10 sutkaga qamalgan edi. 30 dekabr kuni u o‘zining Instagram sahifasi orqali ozodlikka chiqqanini ma’lum qilgan va ijtimoiy tarmoqlarda tabobat sohasida faoliyat olib borish uchun rasmiy ruxsati yo‘qligi haqida xabarlarni qat’iyan rad etgandi. Bunga ilova sifatida sahifasiga joylagan videoda bir qancha sertifikat va diplomlarni ko‘rsatgan.
Uning da’volariga nisbatan Farg‘ona viloyati sudyalari o‘z munosabatini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, Soliyev ijtimoiy tarmoqlarda xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq tabobati assotsiatsiyasidan guvohnoma olganini ta’kidlagan bo‘lsa-da, qonunchilikka ko‘ra mazkur guvohnoma xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqini bermaydi.
Ma’lum qilinishicha, 1996 yil 29 avgustdagi “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasida – tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lishi belgilangan.
Ushbu nizomning 12-bandida – xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan odam anatomiyasi, fiziologiyasi, farmakologiya, laborotoriya va instrumental diagnostika, shuningdek birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni amaliy ko‘nikmalari bo‘yicha maxsus o‘quv kursini tugatgan shaxslar shug‘ullanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.
2021 yil 14 iyuldagi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonuni 1-ilovasining 25-bandi – tibbiy faoliyatni amalga oshirish litsenziya asosida amalga oshirilishi, litsenziyalash bo‘yicha vakolatli organ Sog‘liqni saqlash vazirligi hisoblanishi ko‘rsatilgan.
Qolaversa, boshqa bir qator hujjatlarda ham rasmiy faoliyat ko‘rsatish bo‘yicha talablar ko‘rsatib o‘tilgan.
Farg‘ona viloyati sudiga kura, Iqbol Soliyevda xalq tabobati usullarini qo‘llash orqali tibbiy xizmat ko‘rsatish litsenziyasi mavjud emas. Xalq tabobati usulida tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun litsenziya talab qilinishi, Soliyevning Xalq tabobati tashkiloti a’zosi ekani haqidagi guvohnomasi litsenziya hisoblanmasligi, O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi mazkur faoliyat bo‘yicha litsenziya berishga vakolatli organ emasligi sababli, ushbu guvohnoma Soliyevga xalq tabobati usulida tibbiy xizmat ko‘rsatish huquqini bermaydi.
Aliqulov Javohir
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral