Sadir Japarov rasman Qirg‘iziston Prezidenti bo‘ldi
Olam
−
28 yanvar 2021 8415 1 daqiqa
Bugun, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. U rasman Prezident lavozimida ish boshladi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjon Shayldabekova Sadir Japarov muddatidan avval o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozongani to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi.
Saylangan Prezident qirg‘iz xalqiga qasamyod keltirdi. U davlat rahbari lavozimida Xudo va xalq oldida adolatli boshqarishini, inson huquqlarini himoya qilishini va Konstitutsiya normalariga amal qilishini ta’kidladi.
MSK rahbari Sadir Japarovga Prezident guvohnomasi va shtandartni topshirdi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral