Qatardagi portlash sabab jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bormi?

Jamiyat

image

Avvalroq, Qatarning Ras-Laffan sanoat hududidagi zavodda yuz bergan portlash oqibatida 54 kishi jabrlangani va yana 18 kishi bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu fojia oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabr ko‘rmagan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Omonulla Fayziyev QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, gazni qayta ishlash zavodida sodir bo‘lgan portlash yuzasidan O‘zbekistonning Dohadagi elchixonasi Qatar Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli idoralar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabr ko‘rmagan. Vaziyat elchixona tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, Qatarning tegishli idoralari bilan yaqin hamkorlik davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hodisa 21 iyun kuni kechqurun Doxa shahri yaqinidagi QatarEnergy kompaniyasiga qarashli korxonada sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga texnik nosozlik sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing