Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga ta’ziya yo‘lladi
Jamiyat
−
22 iyun 1166 1 daqiqa
Bugun, 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Ras-Laffan sanoat zonasidagi gazni qayta ishlash majmuasida sodir bo‘lgan kuchli portlash va yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan, jarohatlanganlar tez orada shifo topishini tilagan.
Eslatib o‘tamiz, hodisa kecha, 21 iyun kuni kechqurun Doxa shahri yaqinidagi QatarEnergy kompaniyasiga qarashli korxonada sodir bo‘lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, portlashga texnik nosozlik sabab bo‘lgan. Hodisadan keyin hech qanday sizib chiqish holati qayd etilmagan. Portlash oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Ushbu fojia oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabr ko‘rmagan.O‘zbekistonning Dohadagi elchixonasi Qatar Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli idoralar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Live
Barchasi