Ukraina Rossiyaga yuzlab dronlar bilan hujum qildi

Olam

image

Bugun, 22 iyunga o‘tar kechasi Ukrainaning uch yuzdan ortiq droni Rossiya hududiga zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Dronlar Belgorod, Bryansk, Volgograd, Voronej, Kaluga, Kursk, Rostov, Tambov, Tver, Tula, Smolensk viloyatlari, shuningdek, Moskva viloyati, Krasnodar o‘lkasi, Qrim, Azov va Qora dengizlar uzra urib tushirilgan.

Moskva meri Sergey Sobyanin bugun, 22 iyun sutka boshidan buyon harbiylar poytaxt yo‘nalishida uchayotgan 59 ta dronni tutib olishganini ma’lum qilgan.

Kaluga viloyati rahbari Vladislav Shapsha Babininskiy, Borovskiy, Jukovskiy, Kirovskiy va Tarusskiy munitsipal okruglari hududlari uzra beshta dron tutib olingani haqida hisobot bergan.

Voronej viloyati gubernatori esa Aleksandr Gusev harbiylar tunda viloyatida 18 ta dronni urib tushirganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukraina poytaxti Kiyevga keng ko‘lamli havo hujumlarini uyushtirgan edi. Hujum oqibatida YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Kiyev-Pechersk lavrasi hududida yirik yong‘in yuz bergan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing