Abdusattorov jahonning eng kuchli shaxmatchilari uchligiga kirdi
Sport
−
21 iyun 6249 1 daqiqa
Nodirbek Abdusattorov blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tarildi va mazkur formatdagi eng kuchli shaxmatchilardan biri ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Yangilangan reyting natijalariga ko‘ra, Abdusattorov 2802,5 reyting ochkosini jamg‘arib, o‘z mavqeini ikki pog‘onaga yaxshiladi.
Reytingda o‘zbekistonlik shaxmatchi faqat Magnus Karlsen va Xikaru Nakamuradan keyin joylashgan. Shu tariqa, u jahonning eng kuchli uch nafar blits shaxmatchisi qatorida mustahkam o‘rin egalladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14–23 may kunlari Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida Super Chess Classic Romania 2026 turniri o‘tkazilgandi. Unda qatnashgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi va 42,5 ming dollar yutib olgandi.
Live
Barchasi