Issiqlik va issiq suv uchun eski tariflarni saqlash muddati qisqartirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti va issiq suvga oldindan to‘langan xizmatlar uchun eski tariflarni saqlash muddati 12 oydan 2 oygacha qisqartirildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.

Qayd etilishicha, hujjatning 95-bandiga oldindan to‘lov amalga oshirilganda tarifni qo‘llash tartibi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritilgan. Unga ko‘ra, oldindan to‘langan xizmatlar uchun tarifni belgilash muddati 12 oydan 2 oygacha qisqartirildi.

Bu quyidagilarni anglatadi:

  • oldindan to‘lov amalga oshirilganda, tarif to‘lov sanasidan amal qiladi;
  • belgilangan tarif oldindan to‘lov davri uchun amal qiladi, lekin 2 oydan oshmasligi kerak;
  • agar tarif ushbu davrda o‘zgarsa, to‘langan xizmatlar hajmi uchun qayta hisoblash amalga oshirilmaydi;
  • ikki oylik muddat tugagandan so‘ng to‘lovlar amaldagi tarif bo‘yicha amalga oshiriladi.
  • O‘zgarishlar isitish va issiq suv xizmatlariga tegishli.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasi tariflari oshganda ham yangi tarif kuchga kirgandan boshlab 2 oygacha eski tariflar asosida hisob-kitob qilinadi. Buning uchun abonentlar yangi tarif kuchga kirishidan oldin to‘lov qilishi kerak va sanasi muhim emas.


Maqola muallifi

Teglar

issiq suv issiqlik ta'minoti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing