Janubiy Koreya Chexiyani mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
12 iyun 4569 1 daqiqa
Bugun, 12 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “A” guruhidan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Chexiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Unda koreyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoalar Meksikaning Sapopan shahridagi “Akron” stadionida maydonga tushdi. Uchrashuvda Janubiy Koreya terma jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Hisob 59-daqiqada ochildi – chexiyalik himoyachi Ladislav Kreychi o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Oradan sakkiz daqiqa o‘tib, Xvan In Bom hisobni tenglashtirdi. 80-daqiqada esa O Hyon Gyu gol kiritib, Janubiy Koreyaga muhim uch ochko keltirdi.
Ushbu natijadan so‘ng Janubiy Koreya o‘z hisobidagi ochkolar sonini uchtaga yetkazib, guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Chexiya esa hali ochko jamg‘ara olmagan holda uchinchi pog‘onada qolmoqda.
“A” guruhida peshqadamlikni Meksika terma jamoasi saqlab turibdi.
O‘yinda kiritilgan gollarni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq meksikaliklar Janubiy Afrikani 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Live
Barchasi