Kadastr agentligiga yangi boshliq tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 11 iyun kuni Kadastr agentligida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi va unda Sadriddin Abdullayevich Turdiyev agentlik direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev olib borgan. Yig‘ilishda Kadastr tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish, bugungi vaziyat va oldinda turgan asosiy vazifalar tahlil qilingan. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Prezidentning tegishli qarori bilan Sadriddin Abdullayevich Turdiyev Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Turdiyev shu paytga qadar prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. 

Shuningdek, Prezident Administratsiya rahbarining farmoyishi bilan: 

  • Fayzullayev Murat Muxtarovich Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga; 
  • Alisher Abduazizovich Xafizov Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga; 
  • Mirsaid Sodiqovich Mirmaqsudov Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga; 
  • To‘lqin Mansurovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 

Bundan tashqari, Abdushukur Hamidovich Abdullayev Kadastr agentligi direktori maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Yig‘ilish yakunida kadastr organlari mutasaddilari oldida turgan asosiy vazifalar belgilab berilgan. 

Turdiyev shu paytga qadar prokuratura organlarida turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, Xorazm, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlari prokurori lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Kadastr agentligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing