Kadastr agentligi ogohlantirish bilan chiqdi
Jamiyat
−
14 may 49040 1 daqiqa
Kadastr agentligi fuqarolarni yer olib berish bilan bog‘liq holatlarda aldanib qolmaslikka chaqirdi. Bu haqda agentlikning tegishli bayonoti e’lon qilindi.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi paytlarda “Yer olib beraman” yoki “Yer maydonining toifasini o‘zgartirib beraman” degan soxta va’dalar orqali firibgarlik qilayotgan sobiq yoki amaldagi kadastr xodimlari uchramoqda hamda ularning aksariyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olinmoqda.
“Shuni qat’iy ravishda ma’lum qilamizki, nafaqat hududiy boshqarma va tizim tashkilotlari, hatto Kadastr agentligi rahbariyatida ham bunday vakolat yo‘q”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, agentlikning qo‘shimcha qilishicha, jarayonni hech bir shaxs yoki muassasa “pul evaziga” bajara olmaydi va bu qonun bilan qat’iy tartibga solingan.
- 1. Uy-joy qurish va tadbirkorlik maqsadlari uchun yer maydonlari onlayn auksion orqali ochiq savdoga qo‘yiladi;
- 2. Yerning toifasini o‘zgartirish faqat Prezident ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, yer toifasi o‘zgartirilgan taqdirda ham ushbu yer davlat zaxirasiga olinadi va qayta realizatsiya qilinadi.
“Shunday ekan, sizlardan sobiq yoki amaldagi kadastr xodimlarining har qanday shubhali takliflari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi