JCH liboslari reytingida O‘zbekiston oxirgi o‘rinlarni egalladi

Sport

image

Nufuzli ESPN nashri Jahon chempionatida ishtirok etadigan 48 ta terma jamoaning uy, safar va uchinchi liboslari bo‘yicha reyting tuzib chiqdi. 105 talik ro‘yxatdan O‘zbekiston terma jamoasining asosiy libosi 103 o‘rinda ko‘rsatilgan. 

Manbaga ko‘ra, bu yilgi liboslarda xalq amaliy san’ati, mashhur me’moriy inshootlar, mahalliy madaniyat, davlat bayroqlari, milliy matolar, hayvonot dunyosi va hatto syurrealist rassomlar ijodidan ilhomlangan dizaynlar ko‘proq uchraydi.

Nashr tomonidan tuzilgan reytingda terma jamoalar liboslari ularning tashqi ko‘rinishi va dizayn jozibadorligi asosida baholangan.

Unda O‘zbekiston milliy terma jamoasining asosiy oq libosi 103-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, safar libosi 84-o‘ringa munosib ko‘rilgan.

Shuningdek, nashr mualliflari ushbu ikki libos dizayn jihatidan deyarli bir xil ekanini, ular o‘rtasidagi asosiy farq faqat rang tanlovida ekanini ham alohida ta’kidlab o‘tgan.

Ushbu ro‘yxatda 1-o‘rin Urugvay terma jamoasining safar libosi loyiq ko‘rilgan. 2 va 3-o‘rinni Yaponiya va Fransiya terma jamoalarining ikkinchi formalari egallagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Urugvay Yaponiya Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing