Britaniyaga yo‘l olgan 300 muhojir o‘g‘irlab ketildi

Olam

image

Liviyada Buyuk Britaniyaga yo‘l olgan 300 dan ortiq noqonuniy muhojir o‘g‘irlab ketildi va ularga hatto ichki a’zolarini olib tashlash bilan tahdid qilindi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Iroq Kurdistonidan chiqqan ushbu yosh muhojirlar 2025 yil yozida Liviyada politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Jinoyatchilar har bir garovdagi shaxs uchun 5 ming dollar tovon talab qilgan va pul o‘z vaqtida berilmasa, ularning buyraklari olinishi bilan qo‘rqitgan.

Ma’lum qilinishicha, asirlar juda og‘ir sharoitlarda saqlangan. Ular bir kichik xonada yuzlab odam bilan birga qamab qo‘yilgan, ko‘pincha kun yorug‘ini ko‘rmagan, faqat juda oz miqdorda ovqat olgan va muntazam ravishda kaltaklangan. Ba’zi hollarda esa ularga bosim o‘tkazish uchun qiynoqlar videoga olinib, oilalariga yuborilgan.

Asirlardan biri 178 kishi bir kichik kamerada saqlanganini, hatto yotishga ham joy yetmaganini aytgan. Yana bir 16 yoshli o‘smir esa oylar davomida quyosh nuri ko‘rmaganini bildirgan.

Kamida bir muhojir vafot etgani tasdiqlangan, biroq yana qancha odam hozir ham garovda ekani noma’lum. Ayrim ozod etilganlarning tanasida jarrohlik amaliyotiga o‘xshash izlar aniqlangan, bu esa a’zolar olib tashlangan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirgan, ammo bu holat rasman tasdiqlanmagan.

Bu noqonuniy migratsiya yo‘llarini asosan kontrabandachilar tarmoqlari boshqargan. Ular muhojirlarni Shimoliy Afrika orqali Liviyaga olib o‘tib, keyin Yevropaga yetkazishni va’da qilgan. Biroq Liviyadagi qurolli guruhlar bilan kelishmovchiliklar natijasida muhojirlar garovga aylangan.

Kurdiston mintaqaviy hukumati vakillari ushbu voqealarni tasdiqlab, qaytgan muhojirlardan boshqalarni ogohlantirishni so‘ragan. Shunga qaramay, xavfli migratsiya yo‘llari orqali Yevropaga borishga urinishlar hali ham davom etayotgani aytilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Liviya qiynoq noqonuniy muhojir o'g'irlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing