Infantino O‘zbekiston terma jamoasiga mundialda omad tiladi

Sport

image

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino O‘zbekiston terma jamoasiga Jahon chempionatida omad tiladi. Bu haqda Infantino Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Jahon sahnasidagi tarixiy debyutini o‘tkazadigan O‘zbekistonga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Jamoaga muxlislarini faxrlantirish, tarixda yangi sahifa yozish va butun dunyoga nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishlarini tilaymiz!”, deydi FIFA prezidenti.

Ma’lumot uchun, bugun, 8 iyun O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Bungacha terma jamoa joriy yilning 2 iyun kuni Kanadaga qarshi ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Unda Fabio Kannavaro shogirdlari 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da Meksikadagi “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, terma jamoa 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Janni Infantino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing