Toshkentda o‘yinchoq avtomobilda harakatlangan bolakayni “GAI” ushladi (video)
3-sahifa
−
09 may 8179 1 daqiqa
Toshkent shahrining Bektemir tumanida yosh bola o‘yinchoq avtomobilda katta yo‘lga chiqib, haqiqiy mashinalar orasida harakatlandi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 8 may kuni soat 12:30 da Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasida ota-ona nazoratsizligi oqibatida voyaga yetmagan bolaning o‘yinchoq avtomobilda yo‘lning qatnov qismiga chiqib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan bolaning otasi bilan profilaktik suhbat olib borilib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Jomboy tumanida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan Damas saloniga 24 va 28 nafar bolani mindirib harakatlanyotgan ikki haydovchi aniqlangandi.
Live
Barchasi