Prezidentning madaniyat bo‘yicha vakili tayinlandi
Jamiyat
−
29 aprel 5331 1 daqiqa
G‘iyosiddin Qutbiddinovich Rejabov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni imzolandi.
G‘iyosiddin Rejabov yangi lavozimga tayinlangani munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Odil Qalandarovich Abdurahmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili lavozimiga tayinlangan edi.
Live
Barchasi