Katta kredit olib, Turkiyada yashirinib yurgan o‘zbekistonlik ushlandi

3-sahifa

image

O‘zbekistonda yirik miqdorda kredit mablag‘larini olib, ularni qaytarmasdan Turkiyada yashirinib yurgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlik natijasida Samarqand viloyatida tug‘ilgan 37 yoshli fuqaro B.A. aniqlanib, tegishli tartibda qo‘lga olingan hamda qonuniy chora ko‘rish uchun O‘zbekistonga qaytarilgan. 

Hozirda B.A. ga nisbatan qonunchilikka muvofiq tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona o‘zbekistonliklarni xorijda bo‘lgan davrida amaldagi qonunlarga qat’iy rioya etishga chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan ikki fuqaro Turkiyadan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya kredit Bosh konsulxona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing