Nomzodlar turniri. Sindorov Nakamurani ham mag‘lub qildi
Sport
−
03 aprel 4611 1 daqiqa
Bugun, 3 aprel kuni Kiprning Pafos shahrida Nomzodlar turnirining 5-turi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov amerikalik Hikaru Nakamura bilan bahslashdi.
O‘zbekistonlik grossmeyster ayndi damdagi dunyoning ikkinchi raqamli shaxmatchisini qora donalar bilan mag‘lub etib, turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi. Ayni damda Javohir Sindorov besh imkoniyatdan 4,5 ochko jamg‘arib, yetakchilikni davom ettirmoqda. Shuningdek, u mazkur g‘alaba evaziga jahon reytingida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Ma’lumot uchun, musobaqa jami 14 turdan iborat bo‘lib, 15 aprelga qadar davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, Sindorov turnirning ilk turida rossiyalik Andrey Yesipenkoni mag‘lub etdi. Ikkinchi turda esa u Germaniyalik Mattias Blubaum bilan durang qayd etgan bo‘lsa, uchinchi turda turnir favoritlaridan biri hindistonlik Rameshbabu Pragnanadhani taslim qildi. 4-turda amerikalik Fabiano Karuanaga to‘qnash kelgan o‘zbekistonlik shaxmatchi yana ishonchli harakat qildi va g‘alabali yurishini davom ettirdi.