Isroil askarlari G‘azoda 1 yoshli bolani oyog‘iga sigaret bosib, qiynoqqa soldi (video)

Olam

image

Isroil askarlari G‘azoning markaziy qismida bir yoshli bolaga nisbatan zo‘ravonlik ishlatdi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Karim ismli bolaning jarohatlari aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan. U G‘azo sektorining markazidagi qochqinlar lageri yaqinida Isroil kuchlari tomonidan ushlanganidan so‘ng qiynoqqa solingan.

Guvohlarning aytishicha, bolaning otasi daromad manbai bo‘lgan otining o‘limidan so‘ng ruhiy zarba olgan edi. U bolasi bilan birga oziq-ovqat xarid qilish uchun chiqayotganda, uyi yaqinida otishmalar markaziga tushib qolgan. Shundan so‘ng Isroil askarlari uni 18 oylik o‘g‘lini o‘sha yerda qoldirib, yaqin atrofdagi harbiy nazorat punktiga borishga majbur qilgan va uni yechintirib tergov qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, askarlar otaning ko‘z o‘ngida unga nisbatan zo‘ravonlik ishlatgan, jumladan, uning oyog‘ini sigareta bilan kuydirishgan, igna sanchishgan va oyoqlariga mix ham sanchib, qiynashgan. Bu holatlar tibbiy hisobot bilan ham tasdiqlangan.

Hisobotda bolaning oyog‘ida sigaret kuyish izlari va mix sababli sanchilgan jarohatlar borligi aytiladi. Bola taxminan 10 soatdan keyin ozod qilingan. Otasi esa hozirgacha Isroil hibsxonasida qolmoqda.

Oila otaning ozod qilinishi va davolanishni davom ettirishi uchun xalqaro tashkilotlardan yordam so‘rab murojaat qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilning oktyabrida Isroil va HAMAS o‘rtasida erishilgan sulhdan so‘ng G‘azo sektorida Isroil hujumlari oqibatida kamida yuzlab falastinliklar halok bo‘lgan va minglab odamlar jarohat olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil G'azo Karim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing