Toshkent viloyatida uch kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Olam

image

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida uch nafar fuqaro is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda “Millar” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida uch kishi vafot etgan. Ulardan biri 14 yoshli bola bo‘lgan. 

Xonadondan yordam so‘rab, dod-voy solinganda marhumlarning qo‘shnilari borgan. Ularning aytishicha, zudlik bilan tez yordamga qo‘ng‘iroq qilingan. 

Qayd etilishicha, vafot etgan fuqarolar ushbu uyga atigi uch kun oldin ko‘chib kelgan. 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Karmana tumanida 30 yoshli erkak va uning 4 yoshli o‘g‘li is gazidan zaharlanib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi O'rta Chirchiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing