Talasda 14 yoshli qiz hammomda vafot etdi
Olam
−
09 dekabr 2025 8325 1 daqiqa
Qirg‘izistonning Talas viloyatida 2010 yilda tug‘ilgan 14 yoshli qiz hammomda vafot etdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 7 dekabr kuni Boqay-Ota tumanidagi Qizil-Say qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Marhum qiz amakisining uyidagi hammomdan jonsiz holda topilgan. Hodisa sodir bo‘lgan paytda qiz hammomda yolg‘iz bo‘lgani aytilmoqda.
Tibbiy ma’lumotga ko‘ra, voyaga yetmagan qiz olib kelingan vaqtda hayot alomatlari bo‘lmagan. O‘tkazilgan dastlabki tibbiy tekshiruvlar uning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lganini ko‘rsatdi.
Voqea yuzasidan Boqay ota tuman IIBga xabar kelib tushgan. Hozirda huquq-tartibot idoralari mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda, voqea holatlari va binolarda is gazi hosil bo‘lishining mumkin bo‘lgan sabablarini aniqlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buxoroda IIO xodimi oilasi bilan is gazidan vafot etgani haqida xabar berilgandi. Sudga oid tibbiy ekspert mutaxassislarining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, marhumlar noma’lum etiologiyadan zaharlanishi oqibatida o‘tkir nafas va yurak-qon tomir faoliyatining yetishmovchiligidan vafot etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025