Yevropa Isroilga qarshi sanksiya kiritishi mumkin

Olam

image

Yevropa Ittifoqining Isroilga qarshi ehtimoliy sanksiyalar joriy etish masalasi, G‘azo sektorida “real va barqaror” o‘zgarishlar kuzatilmaguncha, jumladan, fuqarolarga gumanitar yordam yetkazish ta’minlanmaguncha kuchda qoladi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas ma’lum qildi.

“Albatta, G‘azo sektoridagi otashkesim vaziyatni o‘zgartirdi. Biroq biz yerda real va barqaror o‘zgarishlar, xususan, gumanitar yordam yetkazish hajmining oshishini ko‘rmaguncha, sanksiya joriy etish masalasi dolzarbligicha qoladi”, dedi Kallas Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan YeI tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi chog‘ida.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Misrning Sharm-al-Shayx shahrida o‘tgan sammitda mintaqadagi boshqa rahbarlar – Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan birga G‘azo bo‘yicha tinchlik kelishuvini imzolab, uni “juda muhim imzolash marosimi” deb ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing