Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isiba boshchiligidagi hukumat yangi bosh vazir saylovlari oldidan to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Bu haqda NHK xabar berdi.

Bugun, 21 oktyabr kuni parlamentning quyi palatasida saylovlar bo‘lib o‘tadi. Ovoz berishdan bir kun oldin Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) va “Yaponiya yangilanish jamiyati” yangi koalitsiya tuzishga kelishib olgan.

Bu qadam parlamentda LDP yetakchisi Sanae Takaitini saylash uchun zarur bo‘lgan ko‘pchilikning ovozini ta’minladi. U shuningdek, Yaponiyada bu lavozimni egallagan ilk ayol bo‘lishi mumkin.

Shundan so‘ng, Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi o‘zining yangi raisi sifatida 64 yoshli Sanae Takaitini tanladi. U Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish va armiyani mustahkamlash tarafdori hisoblanadi.

Takaiti Kobe universiteti va Matsushita davlat boshqaruvi va menejment instituti bitiruvchisi. 1987 yilda grant yutib, AQSHga ko‘chib o‘tgan. 1989 yilda Yaponiyaga qaytib kelgan va 1993 yilda ilk bor Yaponiya parlamentining quyi palatasiga saylangan.

Takaiti o‘zining birinchi vazirlik lavozimini 2006 yilda olgan. Uni bir vaqtning o‘zida bir nechta lavozimlarga tayinlashgan – Ilmiy-texnik siyosat vaziri, Innovatsiyalar vaziri, Yoshlar va gender tengligi masalalari bo‘yicha vazir, Oziq-ovqat xavfsizligi vaziri. 

Takaitining nomzodi ilgari surilgach, Yaponiyada hukmron koalitsiya parchalanib ketgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya Bosh vaziri va Liberal-demokratik partiya yetakchisi Sigeru Isiba iste’foga chiqishini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Sigeru Isiba Sanae Takaiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing