Qozog‘iston Tojikistonga 5 ming tonna mazut sovg‘a qildi

Olam

image
O‘zbekiston Qozog‘iston benzinini xarid qila boshladi north_east

O‘zbekiston Qozog‘iston benzinini xarid qila boshladi

Qozog‘iston Tojikistonga gumanitar yordam sifatida qiymati taxminan 1,65 million dollar bo‘lgan 5 ming tonna mazut berdi. Bu haqda “Asia-Plus” xabar berdi.

Rasmiy topshirish marosimi 30 sentyaabr kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tdi, unda ikki davlat vakillari ishtirok etdi. Qozog‘istonning Tojikistondagi elchisi Valixon Turexanov Tojikiston hukumati huzuridagi Davlat moddiy zaxiralari agentligi rahbariyatiga yoqilg‘i olish sertifikatini topshirdi.

Elchi o‘z nutqida ushbu yordam ikki davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning bir qismi ekanini ta’kidladi. Qozog‘iston Tojikiston bilan strategik munosabatlari doirasida umumiy qiymati 893,7 million tengelik gumanitar yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Ushbu tashabbus Qozog‘iston Xalqaro taraqqiyot agentligi (KazAID) ko‘magida amalga oshirildi.

Turexanovning so‘zlariga ko‘ra, bu yordam Tojikistonning energetik xavfsizligiga hissa qo‘shadi va qozoq-tojik munosabatlariga asos bo‘lgan yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro yordam namunasi bo‘ladi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazut o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev topshirig‘iga binoan qabul qilingan va Tojikistondagi energetika ob’ektlarining barqaror ishlashini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

So‘nggi besh yil ichida Qozog‘istonning Tojikistonga ko‘rsatgan gumanitar yordami 21 million dollardan oshdi. Ikki tomonlama hamkorlik boshlanganidan buyon bu miqdor 44 million dollardan oshdi.

Nashrning yozishicha, Qozog‘iston va Tojikiston o‘rtasida turli sohalar, jumladan, energetika sohasida hamkorlik faol rivojlanmoqda, buning isboti qator qo‘shma loyiha va kelishuvlardir.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston-Tojikiston mazut Valixon Turexanov KazAID

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing