G‘azalkentdagi xo‘jalik mollari do‘koniga o‘t ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 19 avgust kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan xo‘jalik mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 16:40 da Bo‘stonliq tumani G‘azalkent shahri “Navro‘z” MFYda joylashgan 2 qavatli xo‘jalik mollar do‘konining 2-qavatida yong‘in sodir bo‘lgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:55 da o‘rab olingan va soat 17:33 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, hodisa oqibatida do‘konning tom va ichki qismida taxminan 70 kvadrat metr maydon yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar to‘g‘risida murojaatlar kelib tushmagan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Olmazor tumanida qurilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazida yong‘in sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Hodisaga binoning tom qismida izolyatsiya qoplamalarini yotqizish ishlari olib borilishida texnologik jarayonni buzilishi sabab bo‘lgan. Oqibatda 19 kvadrat metr binoni tom qismidagi maydonda izolyatsiya mahsuloti yonib, zararlangan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in G'azalkent xo'jalik mollari do'koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing