Toshkentda yangi qurilayotgan bino yonib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 12 dekabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 01:50 da tumanning Imom Al-Termiziy ko‘chasida yangi qurilayotgan ikki qavatli binoda yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv ekipaji soat 01:54 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:11 da qurshab olinib, soat 02:19 da o‘chirilgan.

Bildirilishicha, yong‘in oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Hozirda hodisa sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlardan birida yirik yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Yakkasaroy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing