Tramp Transport vazirini NASA rahbarligiga tayinladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Transport vaziri Shon Daffini vaqtincha AQSH Milliy aeronavtika va kosmik tadqiqotlar boshqarmasi (NASA) rahbari etib tayinladi. Bu haqda u o‘zining Truth Social’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Shon mamlakatimiz transporti masalalari, jumladan, zamonaviy havo harakatini boshqarish tizimlarini yaratish, yo‘llar va ko‘priklarni tiklab, ularni yana samarali va chiroyli qilish bo‘yicha ulkan ishlarni bajarmoqda. U tobora muhim ahamiyat kasb etayotgan kosmik agentlik uchun hatto qisqa muddatga bo‘lsa ham ajoyib rahbar bo‘ladi”, deb yozdi Tramp.

Qayd etish joiz, 2024 yil dekabr oyida Tramp NASA rahbarligiga milliarder-astronavt Jared Ayzekmanni nomzod sifatida ko‘rsatgan edi. O‘shanda u Jaredning “koinotga bo‘lgan ishtiyoqi, astronavtlik tajribasi va tadqiqotlar doirasini kengaytirishga intilishi” uni ideal nomzodga aylantirishini aytgandi. “Reuters”ning yozishicha, Ayzekmanning nomzodi Trampga milliarder Ilon Maskning ta’siri ostida ilgari surilgan. Chunki Ayzekman Maskning yaqin hamkori sifatida ko‘riladi.

Aprel oyida Ayzekmanning nomzodi tasdiqlangan, biroq iyun boshida Tramp bu nomzodni qaytarib olgan va yaqin orada yangi nomzodni e’lon qilishini bildirgan. Bu qaror Tramp va Mask o‘rtasidagi keskinlashgan mojaro fonida qabul qilingan. Ayzekmanning aytishicha, nomzodni qaytarib olishga Tramp maslahatchilarining bosimi ham sabab bo‘lgan, ayniqsa Mask bilan munosabatlar yomonlashganidan keyin.

Eslatib o‘tamiz, Mask va Tramp o‘rtasidagi ochiq mojarolar Trampning byudjet taqchilligini oshiruvchi “katta ajoyib” soliq imtiyozlari qonun loyihasini Mask tanqid qilganidan keyin boshlangandi. Tramp esa Maskdan ko‘ngli qolganini bildirgan. Joriy yilning iyul oyi boshida Mask yangi siyosiy loyiha – “Amerika” partiyasini ishga tushirayotganini e’lon qildi. U partiyaning asosiy maqsadi Kongressga kirib borish va bahsli qonunlar bo‘yicha hal qiluvchi ovozlarni ta’minlash bo‘lishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp NASA Shon Daffi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing