Kaliforniyadagi omborda dahshatli portlash sodir bo‘ldi (video)

Olam

image

Bugun, 2 iyul kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Kaliforniya shtatidagi Yolo okrugida joylashgan mushak omborida kuchli portlash sodir bo‘ldi va katta yong‘in boshlandi. Bu haqda Yolo okrugi sherifi ofisi o‘zining Facebook sahifasida xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur hodisa Esparto va Medison aholi punktlari yaqinida ro‘y bergan.

“Biz har bir kishidan bu hududdan uzoqroq bo‘lishni qat’iyan so‘raymiz, chunki yong‘in va qutqaruv xizmatlari o‘z ishlarini xavfsiz bajara olishlari kerak. Hodisa joyi atrofida evakuatsiya zonasi tashkil etilgan”, deyiladi politsiya bayonotida.

NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, mushaklar saqlanadigan omborda avval yong‘in chiqqan va keyin portlash yuz bergan. Yong‘in detonatsiyani keltirib chiqargan, undan so‘ng kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Hodisa sabablari va tafsilotlari hozircha noma’lum. Shuningdek, jabrlanganlar bor-yo‘qligi haqida ham aniq ma’lumot yo‘q. Voqea joyida ishlar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning janubiy shtati Telingana hududida joylashgan farmatsevtika fabrikasida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘lib, bir necha kishi esa tan jarohatlari olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kaliforniya Yolo okrugi mushak ombori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing