Mirziyoyev va Meloni birgalikda eman ekdi

Jamiyat

image

Bugun, 29 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni Kongress markazi xiyobonida birgalikda eman ekdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, marosim ikki mamlakat xalqlarining do‘stligi, O‘zbekiston-Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga bo‘lgan qat’iy intilishining ramzi bo‘lgan.

Oliy martabali mehmon O‘zbekistonga tashrifni Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qilish bilan davom ettirdi. Davlat rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Meloni Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Italiya Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing