Bir kunda 3 mlrd so‘mlik energiya resurslari o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
13 may 5549 1 daqiqa
Bugun, 13 may kuni 301 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 481 ta holatda 3 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish, energiya resurslarini iqtisod qilish, ularni talon-toroj qilish holatlarini oldini olish borasida ishlar davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, gaz taqsimlash punktlarining 5 tasi almashtirilgan va 360 tasi ta’mirlangan, 1 841 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazilgan, 4 982 ta gaz hisoblagich batareyasi almashtirilgan, 2 900 ta gaz hisoblagichining aloqasi tiklangan, 12 ta yangi transformator o‘rnatilgan, 238 km. tarmoq, 169 ta transformator punktlari ta’mirlangan va 20 km yuqori yuklamali tarmoqlarda simlar almashtirilgan.
Shuningdek, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan 11 nafar shaxslar ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortilgan, 6 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Bildirilishicha, bu boradagi tadbirlar va amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida joylashgan suv yig‘ish inshootida 1,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan edi.
Live
Barchasi