Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi
Sport
−
11 yanvar 33506 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano o‘z X sahifasida ma’lum qildi.
Romanoning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi va “shaharliklar” o‘rtasidagi shartnoma 5+1 ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek, manchesterliklar Husanov uchun “Lans”ga bonuslarni hisobga olgan holda 50 million yevro to‘ladi.
Ma’lumot o‘rnida, “Lans” Abduqodir Husanovni 2023 yilda “Energetik BGU”dan 100 ming yevroga sotib olgandi. 20 yoshli futbolchi klub safida umumiy 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta assist amalga oshirdi. Futbolchini tarbiyalagan “Bunyodkor” esa 1 million yevro daromad qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik markaziy himoyachi “Lans” klubi va Osiyo futboli tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi xabar qilingandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr