12 davlat Ukrainaga tank etkazib berishga tayyor – Zelenskiy.
“Faqat qurol terrorchilarni zararsizlantiradi. Va men dunyoda biz bilan haqiqatan ham terrorga qarshi kurashayotgan barchadan minnatdorman. Ko'p davlatlar Ukrainaga zarur mudofaa uskunalarini etkazib berishni tezlashtirmoqda. Shuningdek, ular terrorchi davlatga nisbatan sanktsiyalar bosimini oshirishga tayyor. Xususan, biz tank koalitsiyamizni kengaytirmoqdamiz. Kanadaning ushbu qarori uchun rahmat! Bizning tank koalitsiyamizdadagi davlatlar soni 12 taga etdi”, deydi u.