Rasman: Ramos “Sevilya” futbolchisiga aylandi 

Sport

image

Ispaniyalik 37 yoshli himoyachi Serxio Ramos “Sevilya” futbolchisiga aylandi. Bu haqda Ispaniya klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Real Madrid” va PSJ klublarining sobiq futolchisi bugun, 4 sentyabr kuni “Sevilya” klubi bilan shartnoma imzolagan. U jamoaga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan. Ramos aynan “Sevilya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va u jamoani 2005 yilda tark etib, “qirollik klubi”ga borib qo‘shilgan edi.

Aytish joiz, Ramos Ispaniya terma jamoasi safida ham ancha muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. Himoyachi terma jamoa safida bir marta Jahon chempioni va ikki karra Yevropa chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

“Sevilya” rahbariyati Ramos bilan himoyachi Saudiya arabistonining “Al-Ittihod” klubi bilan prinsipial kelishuvga erishganidan so‘ng bog‘langan va uni o‘zi tomonga og‘dirib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli futbolchi shu yilning yozida Fransiyaning PSJ klubidan ketganidan keyin erkin agent maqomida edi. Ramos  faoliyati davomida Madridning “Real” va “Sevilya” klublari sharafini ham himoya qilgan. Avvalroq himoyachiga Turkiyaning “Galatasaroy” va “Beshiktosh” jamoalari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Serxio Ramos Sevil'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing