Jeenbekov bilan uchrashgan Mirziyoyev, O‘FA vitse-prezidentligidan ketgan Umid Ahmadjonov, avtomobili jarimaga tortilgan hokim va kunning eng muhim voqea-hodisalari sharhi

Jamiyat

image

Asl muammo qolib blogerga yopishgan soliqchilar. Allamjonov DSQga talab bilan chiqdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi direktori Komil Allamjonov o‘zining tvitterdagi sahifasida bloger Aziz Ashurbayev bilan bog‘liq holat bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasiga murojaat qildi. Unda bloger bilan bog‘liq holat o‘rganib chiqilib, inspektorning xatti-harakati qonunga zidligi aniqlansa unga nisbatan chora ko‘rilishini talab qilgan.

Mirziyoyev Jeenbekov bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Qirg‘iziston Prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Hokim avtomobiliga “migalka” o‘rnatgani uchun jarimaga tortildi.

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilov Ne’matullayevichning davlat raqami 30 330 SAA bo‘lgan “Kaptiva” rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchilik bilan “migalka” (stroboskop) o‘rnatilganligi aniqlandi. 

Ushbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boshqarmasida muhokama qilindi va boshqarma rahbariyati aralashuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Foto: Shavkat Mirziyoyevni Bishkekda Qirg‘iziston Bosh vaziri kutib oldi.

Bugun, 13 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Bishkekka bordi. Shavkat Mirziyoyevni "Manas" xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Bosh vaziri Muhammadkali Abilg‘oziyev kutib oldi.

Mirziyoyev Bishkekda o‘tadigan Shayxay hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlari rahbarlarining sammitida ishtirok etadi.

Ravshan Ermatov Ahmadjonovning o‘rnini egallaydi.

QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum bo‘lishicha, ayni paytda O‘FA vitse-prezidentligiga birinchi nomzod sifatida FIFA hakami Ravshan Ermatov ko‘rilmoqda.

Ravshan Ermatov 1977 yilning 9-avgustida Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Uning ilk muvofaqqiyati JAR yashil maydonlarida o‘tkazilgan Jahon chempionatiga to‘g‘ri kelgan edi. O‘sha mundialda Ermatov debyutant sifatida 5 ta o‘yinni boshqarib borgan edi. Bu hakamlikdagi uning ilk rekordi hisoblanadi.

Shundan so‘ng Braziliya va Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatlarida ham 6 ta o‘yinni boshqarib bordi va umuiy hisobda 11 ta o‘yin bilan yakka rekordchi bo‘lib turibdi. Ermatov bu yutuqlardan tashqari 5 karra Osiyoning eng yaxshi hakami hisoblanadi.

Rasman: Umid Ahmadjonov O‘FA vitse-prezidentligidan ketishga ariza yozdi.

2017 yilning sentyabr oyidan buyon O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti sifatida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov lavozimidan iste’foga chiqdi. 

Eslatib o‘tamiz, Umid Ahmadjonov joriy yilning 15 may kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidentligidan ham iste’foga chiqarilgan edi.

Otamurodov va Ketmonov Spiker o‘rinbosarligidan ham ketdi.

Bugun, 12 iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Deputatlar tomonidan qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. 

Unga ko‘ra, avvalroq O‘zbekiston "Milliy tiklanish" va Xalq demokratik partiyasi rahbarligidan ketgan Sarvar Otamurodov va Hotamjon Ketmonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarligi lavozimidan ham ozod etildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing