Termiz kirish-chiqish uchun yopildi

Jamiyat

image

Termiz shahri hamda tuman hududiga kirish - chiqish to‘xtatildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 28 mart kuni soat 06:00 dan boshlab, viloyatning Termiz shahri va tuman hududlariga kirish-chiqish, har qanday transport vositalarining (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomototrasportlar) harakatlanishi (oziq-ovqat mahsulotlari, dori darmon vositalarini tashuvchi avtotransport vositalari bundan mustasno) to‘xtatildi.

Aytilishicha, bu voha aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Termiz shahri va tumanlarda doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, Termiz shahri va tumanlarda joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Joriy yilning 28 mart kuni soat 06:00 dan boshlab, viloyatning Termiz shahri va tuman hududlariga kirish-chiqish, har qanday transport (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomototrasportlar) vositalarining harakatlanishi to‘xtatilgan edi.

Avvalroq, Toshkent, Namangan, Andijon, Samarqand, Guliston, Buxoro, Qarshi va Urganch shaharlari koronavirus sabab kirish va chiqish uchun yopilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda mamlakatda 104 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Shu vaqtgacha 2 kishi vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Termiz karantin

Baholaganlar

12

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing