Navalniyni qo‘yib yuborish uchun shifokorlarga bevosita Kremldan qo‘ng‘iroq bo‘lgan –“Reuters”

Olam

image

Rossiyalik muxoilf siyosatchi Aleksey Navalniyni xorijda davolashga ruxsat berish qaror bevosita Kremlda qabul qilingan va Omskdagi shifokorlarga telefon orqali yetkazilgan. Bu haqda “Reuters” tibbiy doiralardagi anonim manbasiga tayanib xabar berdi.

“Kremldan qo‘ng‘iroq bo‘lganida biz xonada o‘tirgan edik. Ular bemorni qo‘yib yuborishni aytishdi va ish boshlandi. Hamma yengil tortdi”, degan agentlik suhbatdoshi.

Yana to‘rtta manba Navalniy bilan aeroportga kelgan shifokorlar unda moddalar almashinuvi buzilishi emas, zaharlanishning klinik kartinasi ko‘ringanini aytgan.

Germaniya Hukumati 2 sentyabr kuni Aleksey Navalniy “Novichok” guruhiga kiruvchi modda bilan zaharlanganini aytgandi. Rasmiy Berlin Rossiyadan bu bo‘yicha izoh talab qilgandi. Moskva esa Navalniydan olingan tahlil natijalari zaharlanishni ko‘rsatmaganini ta’kidlamoqda.

Ahamiyatlisi, Kreml vakili Dmitriy Peskov bir necha marta Navalniyning qo‘yib yuborilishi to‘g‘risidagi qarorni shifokorlar qabul qilganini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga samolyotda qaytayotganda tobi qochib, zudlik bilan Omskdagi shifoxonaga yotqizilgan. Uning tarafdorlari Navalniyni Germaniyaga olib ketish harakatiga tushgan. Ammo ikki kun davomida Omskdagi shifoxona shifokorlari uni ko‘chirishga ruxsat bermay kelgandi. 

Germaniyaning ayblovlariga javoban Rossiya G‘arb davlatlari va NATOni "Novichok" guruhiga kiruvchi kimyoviy modda o‘ylab topishda aybladi.

Avvalroq, Fransiya va Shvetsiyadagi mustaqil laboratoriyalar ham Navalniyning tahlillarini tekshirib, u zaharlanganini tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksey Naval'niy

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made