Belarus Polsha va Litva bilan chegarani yopadi – Lukashenko

Olam

image
Lukashenko namoyishlar haqida: “Bunaqasi avval ham bo‘lgan” north_east

Lukashenko namoyishlar haqida: “Bunaqasi avval ham bo‘lgan”

Belarus Litva va Polsha bilan chegarani yopadi va Ukraina bilan chegarani mustahkamlaydi. Bu haqda mamlakat Prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb xabar berdi Tut.by.

“Biz harbiylarni ko‘chalardan chiqarib, yarim armiyani qurollantirib, g‘arbda Litva va Polsha bilan davlat chegarasini yopishga majburmiz. Chuqur afsus bilan aytishim kerakki, biz qardosh Ukraina bilan davlat chegarasini mustahkamlashga majburmiz”, degan Belarus yetakchisi.

Lukashenko Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan Ittifoqchi davlatning umumiy chegarasining umumiy himoyasini qurishi kerakligini ta’kidladi.

“Biz allaqachon unutilib ketgan harbiy mashg‘ulotlarni mamlakatimizning g‘arbiy qismida qayta faollashtirdik. Bu mashg‘ulotlarni ikki bosqichda o‘tkazishga qaror qildik”, degan Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 sentyabr kuni Lukashenko va Putin Sochida uchrashdi. Uchrashuvda Rossiya Belarusga 1,5 mlrd dollar qarz berishiga kelishildi. Unda Belarusning Rossiya oldidagi qarzini qayta moliyalashtirish masalasi ko‘rildi. Putin Belarusga 1,5 mlr qarz berilishini ma’lum qildi.

Keyinroq Belarus yetakchisi Putindan bir necha turdagi zamonaviy qurollarni yetkazib berishda yordam so‘raganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Belarus'

Baholaganlar

100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made