Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi

Jamiyat

image

Bugun, 28 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Prezident Buxoro viloyatiga borib, vertolyotda Qorako‘l va Olot tumanlaridagi holatni ko‘zdan kechirdi. 

Olot tumani markazida mahalliy aholi vakillari, faollar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

Ziyorat davomida Muborak Ramazon kunlarida Alloh taolodan O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, yurtimizni turli balo-ofatlardan asrashini tilab duo qilindi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 aprel kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan kirib kelgan havo oqimi natijasida Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida kuchli shamol esib, yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Tabiiy ofat natijasida Buxoro viloyati eng ko‘p zarar ko‘rdi. Viloyatda 4800 xonadon zarar ko‘rdi. Bundan tashqari ko‘plab infratuzilma ob’ektlari zarar ko‘rdi yoki ishdan chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Buxoro

Baholaganlar

273

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing