Rossiya elchisi Zaxarovaning bayonotidan keyin Ruminiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Olam

image

Ruminiya poytaxti Buxarestda Rossiya elchisi Valeriy Kuzmin tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bunga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovaning Ruminiyaning milliy mudofaa strategiyasi haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

"Ruminiyaning milliy mudofaa strategiyasida Rossiya Federatsiyasining esga olinishi ajablanarli emas. Chunki bu so‘nggi yillarda Rossiya tomonining qilinayotgan xatti-harakatlarining natijasidir" deydi Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati.

Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, yangi mudofaa strategiyasi Ruminiyaning NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlat maqomida aks ettirishini va "Ruminiyaning Yevro-Atlantika qadriyatlari va xalqaro huquqqa nisbatan oldindan aytib bo‘ladigan siyosati" ekanligini ta’kidladi.

Bundan oldinroq, Prezident Klaus Yoxannis boshchiligidagi Ruminiya Oliy Mudofaa Kengashi mamlakatning 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan milliy mudofaa strategiyasi loyihasini ma’qullagan. Unda Rossiya ham tahdidlar ro‘yxatida eslatib o‘tilgan. Bunga javoban Zaxarova, rasmiy Buxarestning Rossiyani milliy tahdidlar ro‘yxatiga kiritishiga AQSH va NATOning Qora dengizdagi faolligi kuchayishi sabab bo‘lganini aytib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Zaxarova O‘zbekistonda davlat idoralarida ishning davlat tilida yuritilmagani uchun jarimaga tortishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasi haqida gapirib o‘tgan edi. Shundan so‘ng, Zaxarova o‘zbekistonliklarning tanqidiga duchor bo‘lgan. Xususan, Mariya Zaxarovaning O‘zbekistonning ichki ishiga aralashuviga deputatlar Akmal Burxonov va Yelena Kompolik hamda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov munosabat bildirgandi

 

Maqola muallifi

Teglar

Zaxarova

Baholaganlar

238

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing