Moskva UNESCO kotibiyatini ikki tomonlama standartlarda aybladi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova UNESCO kotibiyatini ikki tomonlama standartlarda aybladi. Bu haqda rossiyalik diplomatning bugun, 8 iyul kuni Rossiya TIV saytida chop etilgan bayonotida aytildi.

“Biz UNESCO veb-saytida Ukrainaning “Lvov tarixiy markaz ansambli” hududiga tutash “bufer zonadagi tarixiy binoga ta’sir qilgan portlash”ni qoralagan press-relizga e’tibor qaratdik. Tashkilot Kotibiyati, birinchi navbatda, G‘arb poytaxtlari uchun mo‘ljallangan o‘zining murabbiylik bayonoti bilan yana bir bor noxolis va nomuvofiq yondashuvni namoyish etdi, uning o‘ziga xos xususiyati davlatlarni "yaxshi" va "yomon"ga bo‘lishdir", deyiladi sharhda.

Diplomatning eslatishicha, Rossiya Federatsiyasining poytaxtida Kreml va Qizil maydonga qilingan teraktdan so‘ng Moskvaning demarshiga qaramay, tashkilot Bosh direktori Odre Azule tomonidan hech qanday munosabat bildirilmagan. Shuningdek, Azule rossiyalik jurnalistlar Darya Dugina, Oleg Klokov va Vladlen Tatarskiyning o‘ldirilishini ham qoralashdan bosh tortmoqda.

“UNESCO vakolatiga kiruvchi inson huquqlari me’yorlarining muntazam ravishda buzilishiga oid ko‘plab murojaatlarimiz ham e’tibordan chetda qolmoqda”, deya xulosa qilgan Zaxarova.


Maqola muallifi

Teglar

Kreml' Rossiya Ukraina UNESCO Zaxarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing