Qashqadaryoda mas’ullarning e’tiborsizligi qimmatga tushdi

Jamiyat

image

Shu yilning 23 sentyabr kuni Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari tomonidan Qashqadaryo viloyat davlat o‘rmon xo‘jaligining "Qiziltom" o‘rmon bo‘limi hududlarida o‘rmon qoidabuzarliklariga qarshi kurashish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi mutasaddilarining o‘z ishiga e’tiborsizligi hamda mas’uliyatsizligi oqibatida qator qonun buzilish holatlari sodir etilgani aniqlandi. 

Xususan, o‘rmon xodimi Bozor Shaymurodov bilan birgalikda Qashqadaryo davlat o‘rmon xo‘jaligi "Qiziltom" o‘rmon bo‘limi hududlari ko‘zdan kechirilganda jami 101 (bir yuz bir) tup turli diametrdagi zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesib taxlab qo‘yilgani, shundan:  "Zardolisoy" massivida 16,1-20 santimetrlik 30 tup, 20,1-24 santimetrlik 12 tup tabiiy o‘sgan zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesilgani, "Almardon" massivida 16,1-20 santimetrlik 19 tup, 12 santimetrlik 7 tup zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesib, tana qismini archib, yog‘och qilib tayyorlab qo‘yilganligi, mahalliy nomi "Sho‘rbuloq" massivining yuqori qismida 8,1-12 santimetrlik 15 tup, 12,1-16 santimetrlik 18 tup zarafshon archa daraxtlari tag qismidan kesib, yog‘och qilib tayyorlab qo‘yilgani holatlari aniqlangan va bu haqda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan "O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ning 14-ilovasiga asosan tabiatga, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 129 million 228 ming 500 so‘mni tashkil qildi.

Yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim qilish uchun rasmiylashtirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

daraxtlar kesib ketilgan

Baholaganlar

50

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing