Ohangaronda 800 tupga yaqin daraxtlar yonib ketdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi bog‘ yoqib yuborilgani, 1500 ga yaqin daraxtlar yonib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ekologiya boshqarmasi munosabat bildirdi.

Joriy yilning 25 mart kuni Ohangaron tumani, “O‘zbekiston” MFYda yashovchi fuqaro  R.S. tomorqasida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirib, to‘plangan qamish va xashaklarni yoqib yuborishi oqibatida alanga mahalla hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosi muhofaza zonasi va tuman zaxirasidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan yer maydoniga o‘tib ketgan. U yerda mavjud mevali 41 tup jiyda, 11 tup yong‘oq hamda manzarali 678 tup kirchin va 8 tup terak daraxtlari yonib ketgan. Oqibatda tabiatga 459 million 657 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazildi. Fuqaro R.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 198-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda Ohangaron tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda hamda tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida 22 tup manzarali daraxtni kesgan uch kishi 171 million so‘mdan ortiq jarimaga tortilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron daraxtlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing