Farg‘onada qariyb 190 mln so‘mlik daraxtlar kesib tashlandi 

3-sahifa

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatning Qo‘qon shahar “Oltin vodiy” MFY Movarounnahr ko‘chasida yashil maydon yo‘q qilinib, daraxtlar kesilgani haqida xabar tarqalgan edi.  

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, haqiqatdan ham mazkur hududda ikki tup qimmatbaho daraxtlarni qurilish jarayonida tagidan kesib, ildiz qismlari bilan ko‘chirib tashlagani aniqlangan.

“Daraxtlarni kesish jarayonida bu haqdagi farmon talablariga rioya qilinmagani sababli, fuqaro K.A.ning o‘simlik dunyosiga yetkazgan 184 mln 800 ming so‘mlik zarari hisoblanib,  rasmiylashtirilgan hujjatlar Qo‘qon shahar prokuraturasiga taqdim etildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 4 tup daraxt kesgan rahbar jarima va 400 tup ko‘chat ekish bilan jazolanganligi haqda xabar bergan edik.

Asadbek Komilov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

daraxtlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made