Samarqandda 55 yillik daraxtlar kesib tashlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida 50-55 yillik 9 tup qayrag‘och daraxtlari noqonuniy ravishda kesib tashlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Bulung‘ur tumanida daraxtlarni kesish bilan bog‘liq huquqbuzarlik aniqlangan.

Unga ko‘ra, tuman hududidan o‘tuvchi Toshkent – Samarqand M-39-avtomagistral yo‘li yoqasida yashil belbog‘ (ixota) shaklida ekilgan qariyb 50-55 yillik 9 tup qayrag‘och daraxtlari kesib tashlangani ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 744 mln 642 ming so‘m miqdorida zarar keltirilgan. Mazkur holat yuzasidan daliliy ashyolar va tegishli hujjatlar to‘planib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand daraxtlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made